Shoygu Putinga Palmira terrorchilardan tozalangani haqida axborot berdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalmiraning buzilgan tarixiy qismi
Palmiraning buzilgan tarixiy qismi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyga Vladimir Putinga Palmirani ozod etish bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlangani haqida axborot berdi

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Suriya qo‘shinlari Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlari ko‘magida Palmirani ozod qilish bo‘yicha operatsiyani yakunladilar, deb xabar qildi RIA Novosti.

Palmira yana ID qo‘lida - Sputnik O‘zbekiston
ID qaytadan Palmirani egallab oldi
Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bu haqda Mudofaa vaziri Sergey Shoygu axborot bergan.

Qadimiy shahar 2015-yilning may oyi o‘rtalaridan buyon RF hududida ta’qiqlangan terrorchilik uyushmasi nazoratida edi. 2016-yil mart oyi oxirlarida Suriya armiyasi Palmirani "ID"dan ozod etdi, ammo shu yilning dekabr oyi o‘rtalaridayoq terrorchilar Palmirani qayta egallab olgan edilar.

Palmirani tark etayotib jangarilar yo‘llar va binolarni minalab ketgan. RIA Novosti muxbiri xabar berishicha, Suriya armiyasi jangchilari qadimiy shaharning harobaga aylantirilgan qismlarini ko‘zdan kechirib, portlovchi moddalarni izlashmoqda. Portlashlar oqibatida Palmiradagi amfiteatr sahnasi markaziy qismi to‘liq vayron qilingan.

© Sputnik / Aleksandr Makarov / Mediabankka o‘tishRuini drevnego goroda Palmiri
Ruini drevnego goroda Palmiri - Sputnik O‘zbekiston
Ruini drevnego goroda Palmiri
Yangiliklar lentasi
0