Hodisalar

Ukrainada milliy motam eʼlon qilindi

© Sputnik / Pavel Palamarchuk / Fotobankka oʻtishUkraina
Ukraina - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina respublikasi Lvov shahridagi Stepnaya shaxtasida portlash yuz berdi, Ukraina togʻ-kon ishchilari kasaba uyushmasi maʼlumotlariga muvofiq, hodisa oqibatida 10 kishi halok boʻlgan, 7 kishi jarohatlangan

TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko hukumatga mamlakatdagi koʻmir qazib chiqaruvchi jamiki  korxonalarda tekshirish ishlarini oʻtkazishni buyurdi va Lvov viloyatidagi shaxtada yuz bergan portlash tufayli motam eʼlon qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Poroshenkoning matbuot-kotibi Svyatoslav Tsegolkoga tayangan holda.

© Sputnik / Igor Maslov / Fotobankka oʻtishShaxta ishchilari
Rabochiye na shaxte - Sputnik Oʻzbekiston
Shaxta ishchilari

Payshanba kuni Lvov viloyatida joylashgan "Stepnaya" shaxtasida avariya yuz berdi. Ukraina togʻ-kon ishchilari kasaba uyushmasi shaxtada metan portlagani haqida maʼlumot tarqatdi. Hodisa oqibatida 10 kishi halok boʻlgan, 7 nafar ishchi jarohatlangan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati avariya oqibatida 8 nafar togʻ-kon ishchisi halok boʻlgani, 6 nafari jarohatlangani va 20 nafar inson qutqarib qolingani haqida axborot bermoqda.

Avariya yuz bergan uchatkada jami 34 nafar ishchi boʻlgani xabar qilinmoqda.

© Sputnik / Nikolay Lazarenko / Fotobankka oʻtishUkraina prezidenti Petr Poroshenko
Prezident Ukrainы Petr Poroshenko - Sputnik Oʻzbekiston
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko

"Ukraina prezidenti Lvov viloyatidagi portlash tufayli mamlakatda milliy motam kunini eʼlon qildi. Tegishli farmon bugunning oʻzida imzolangan. Prezident, shuningdek, mamlakat Vazirlar mahkamasiga Ukrainadagi koʻmir qazib chiqaruvchi barcha korxonalarda tekshiruv oʻtkazishni buyurgan", — deb yozgan Tsegolko oʻzining Feysbukdagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala