Andijon IIBga yangi rahbarlar tayinlandi

© StringerOʻzbekiston IIB xodimi
Oʻzbekiston IIB xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar boʻldi

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Andijon viloyati, Andijon shahri hamda viloyatning 3ta tumanida ichki ishlar boʻlimlariga yangi rahbarlar tayinlangan.

Hibs jarayoni - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Samarqandda katta pora olgan IIB podpolkovnigi qoʻlga olindi
Andijon viloyat IIB boshligʻi endilikda Cobirov Shuhrat Oʻrinboyevich boʻlgan. U bungacha Toshkent viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Parpiyev Shuhrat Bahodirovich esa Andijon shahar IIB boshligʻi etib tayinlandi, u avval IIB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi edi.

Shuningdek, Marhamat tumani IIBga Nishonov Muhammadjon Sodiqjonovich, Shahrixon tumani IIBga Yoʻldoshev Akmal boshliq etib tayinlangan.

Izboskan tumaniga esa Bahromov Bektemir Rahmonovich IIBning yangi boshligʻi etib tayinlandi, u avval Baliqchi tumani IIB boshligʻi oʻrinbosari sifatida ishlayotgan edi, deb xabar qildi kun.uz.

Yangiliklar lentasi
0