Jamiyat

DAN xodimlari avtomobil raqamini yechib olishga haqli emas

© AP Photo / Mikhail MetzelMilitsiya xodimi avtomobil haydovchisi hujjatlarini tekshirmoqda
Militsiya xodimi avtomobil haydovchisi hujjatlarini tekshirmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Agar avtomobil belgilanmagan joyda parkovka qilingan boʻlsa, inspektor evakuatorga qoʻngʻiroq qilib, avtomobilni jarima maydonchasiga yuborishi lozim, deb xabar berishdi Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasida

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Yoʻl patrul xizmati xodimlari notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillardan raqamini yechib olishga haqli emas, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev.

V Uzbekistane poyavilos tak nazыvayemoye pravilo Pravogo povorota na krasnыy svet - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda qizil chiroqda oʻngga burilishga ruxsat berildi
Aytish joizki, keyingi vaqtlarda bu muammo poytaxtdagi haydovchilarning asosiy bosh ogʻrigʻiga aylangan. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarni koʻzdan kechirsangiz, bu muammo xususida qizgʻin tortishuvlar borayotganiga guvoh boʻlishingiz mumkin. Foydalanuvchilarning bir qismi DAN xodimlari avtomobil raqamini yechib olishga haqli, degan fikrni bildirishayotgan boʻlsa, qolgan qismi keskin ravishda bu qoidabuzarlik ekanligini taʼkidlashmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bu masalaga oydinlik kiritishga yordam berdi.

Doniyor Toshxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda huquq-tartibot organlari ichki tartib buyrugʻiga egalar va bu hujjatda avtomobillar raqamlari yechib olish tartibi qatʼiy belgilangan 45ga yaqin bandlar mavjud.

"Misol uchun inspektor agar avtomobil texnik jihatdan nosoz boʻlsa yoki boʻlmasam uzoq vaqt mobaynida shaharning biron bir qismida qoldirib ketilgan boʻlsa mashina raqamini yechib olishi mumkin.

Ammo inspektor notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobil raqamini yechib olishga haqli emas. U evakuatorni chaqirib, mashinani jarima maydonchasiga yuborishi lozim", — deb taʼkidladi Toshxoʻjayev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala