Jamiyat

OVIRni bekor qilish haqidagi hujjat sentyabr oyi oxirida tayyor boʻladi

© Sputnik / StringerOʻzbekiston fuqarosi pasporti
Oʻzbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Ichki ishlar xizmati xodimlari va huquqshunoslar OVIR stikeridan xorijiy pasportlarga oʻtishda qoʻllanadigan aniq choralarni tayyorlashmoqda

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Xorijga chiqishga ruxsat beruvchi Vizalar va roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi (OVIR) stikerini bekor qilish va uning oʻrniga xorijiy pasportlar kiritish taklifi joriy yilning sentyabr oyi oxirida tayyor boʻladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida. 

Toshkent shahar IIBB vakilining aytishicha, hozirda militsiyaning mutasaddi xodimlari va huquqshunoslar OVIR stikeridan xorijiy pasportlarga oʻtishda qoʻllanadigan aniq choralarni tayyorlashmoqda.

Pasport va hujjatlar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonliklar Mirziyoyevdan chiqish vizasini bekor qilishni soʻrashmoqda
"Sentyabr oxiriga biz barcha takliflarni umumlashtirib, ularni Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun topshiramiz va u yerda yakuniy qaror chiqariladi. Hozircha xorijiy pasport biometrik yoki oddiy boʻlishi nomaʼlum. Butun tizimni ishlab chiqish jarayoni ketmoqda. Yana bir muhim holat – bu tizimga oʻtishdan oldin amaldagi biometrik pasportlar bilan barcha jihatlarni hal qilish kerak, aks holda bu yana katta navbatlarga olib keladi", dedi manba.   

Suhbatdosh shu bilan birga Oʻzbekiston fuqarolariga xorijiy pasportlar qanday muddatga berilishi haqidagi savolga javob bera olmagan, biroq xalqaro tajribaga koʻra bunday pasportlar 10 yilga berilishini taʼkidlab oʻtgan.

Pasport-viza tizimini takomillashtirish 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish harakatlar strategiyasi doirasida rejalashtirilgan.

OVIR stikerini bekor qilish haqidagi hujjatda, shuningdek, maʼlumotlarni qayta ishlashda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, avtomatlashtirilgan pasport nazorati kabinalari joriy qilish koʻzda tutilgan, bu esa aeroportlar va vokzallarda bojxona kardonlarini oʻtish tizimini soddalashtirishga imkon beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala