Toshkentda rahbar ayolga tan jarohati yetkazishdi

© Sputnik / Tutov / Mediabankka o‘tishQo‘lga olingan jinoyatchi
Qo‘lga olingan jinoyatchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum shaxs Mustaqillik shoh ko‘chasida mas’uliyati cheklangan rahbar bo‘lgan ayolni tepib, unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Toshkent shahri Mirzo-Ulug‘bek tumanida noma’lum shaxs Mustaqillik shoh ko‘chasida bezorilikka qo‘l urib, mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari bo‘lgan 40 yoshli ayolni tepib, unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangiliklar lentasi
0