Beeline abonentlari bu yil bepul qo‘ng‘iroqlar va internetga ega bo‘ladilar

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSim-karta s logotipom "Bilayn"
Sim-karta s logotipom Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
VEON platformasi ichida ovozli va multimediali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish bepul bo‘ladi. Ilova ichida internetdan foydalanganlik uchun ham haq olinmaydi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi Beeline aloqa operatori abonentlari bu yil bepul qo‘ng‘iroqlar va internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, deb ma’lum qildi kompaniya texnik direktori Podrobno.uz nashriga.

Messenjer va onlayn-xizmatlar agregatori vazifalarini o‘zida mujassamlashtirgan VEON global internet-platformasi ishga tushirilishi ana shunday imkoniyatni taqdim etadi.

Telefon ekrani - Sputnik O‘zbekiston
Beeline va Ucell abonentlari uchun OLX sahifasi bepul bo‘ldi

VEON platformasi ichida ovozli va multimediali qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish bepul bo‘ladi. Ilova ichida internetdan foydalanganlik uchun ham haq olinmaydi. VEON ilovasini boshqa operatorlar abonentlari ham o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.

VEON Italiyada ishga tushirilgan bo‘lib, ilova uch hafta ichida 1 mln qurilmaga o‘rnatildi.

"Biz mazkur internet-platformani joriy yilda ishga tushiramiz, aniq muddati haqida hozircha aytolmayman. Uning imkoniyat va vazifalari esa Italiyada ishga tushirilgan ilovanikidan farq qilmaydi", — dedi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda Beeline abonentlari soni 2016-yil 4-choragi yakunlariga ko‘ra 9,5 mln kishidan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0