Islom Karimov haykali Oqsaroy qarorgohi qarshisiga o‘rnatiladi

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaSeremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande
Seremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning uchta shahrida mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatiladi hamda Samarqandda yodgorlik majmuasi barpo etiladi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchta shaharda mamlakatning birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini o‘rnatish hamda Samarqandda yodgorlik majmuasini qurish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda nuz.uz "O‘zbekiston" telekanalining "Axborot" dasturiga asoslanib xabar qilmoqda.

"Xalqimiz va xalqaro hamjamiyat Islom Karimov nomini Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk singari davlat va siyosat arboblari qatoriga qo‘yadi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu birinchi Prezident erishgan muvaffaqiyatlarning tan olinishidir.

O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligiga qadar Samarqanddagi Islom Karimov dafn etilgan joyda yodgorlik majmuasi bunyod etiladi.

© nuz.uzShavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykalini o‘rnatish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi
Mirziyoyev poznakomilsya s proyektami - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykalini o‘rnatish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi

Islom Karimov uzoq yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov xayriya jamoat fondi va uning nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat ko‘rsatadi.

Qarorgoh qarshisidagi maydonga esa birinchi Prezident haykali o‘rnatiladi.

Haykal yaqinida O‘zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Samarqanddagi Registon maydoni, Shahrisabzdagi Amir Temur maydoni, Toshkentdagi "O‘zbekiston" Forumlar saroyi va boshqa obyektlar maketlari bog‘i tashkil etiladi.

Samarqand markaziga ham birinchi Prezident haykali o‘rnatiladi. Uning yaqinida muzey bunyod etilib, xiyobon atrofiga favvoralar va maysazorlar joylashtiriladi.

Yana bir haykal Islom Karimov 1986-1989 yillar davomida Qashqadaryo viloyati rahbari sifatida ishlagan Qarshi shahrida bunyod etiladi.

Yangiliklar lentasi
0