Surxondaryoda 1,2 kilo geroinni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Obuna bo‘lish
1996 yilda tug‘ilgan yigit 1 kilogramm 215 gramm miqdoridagi geroin giyohvandlik moddasini 40 ming dollarga sotayotgan paytida qo‘lga olindi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorlikdagi harakatlari natijasida giyohvandlik moddasi sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.

"Nurobod mahallasida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan yigit 1 kilogramm 215 gramm miqdoridagi geroin giyohvandlik moddasini 40 ming dollarga sotayotgan paytida qo‘lga olindi", — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0