O‘zbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi

© Sputnik / sunriseOdysseyHaydovchi
Haydovchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi va texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonning yangi namunasi 2017-yilning 1-oktabridan boshlab beriladi

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. O‘zbekiston hukumatining qaroriga ko‘ra, mamlakatda shu yilning 1-oktabridan boshlab haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalari joriy etiladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi va texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonning yangi namunasi 2017-yilning 1-oktabridan boshlab beriladi. Milliy haydovchilik guvohnomasi berilgan kundan boshlab 10-yil muddatga beriladi.

© Sputnik / /StringerYangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi
Voditelskie prava novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi

Amaldagi milliy haydovchilik guvohnomasining yangi namunalari bosqichma-bosqich o‘tiladi.

2017 yil 1-oktabr-2018 yil 31-dekabr davrida eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari uchun ular egasining yozma arizasiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvar-2020 yil 31-dekabr davrida eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi.

© Sputnik / |SputnikYangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi
Obrazes voditelskix prav novogo obrazsa v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish 2017-2020 yillar mobaynida bosqichma-bosqich — avtomototransport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshiriladi.

© Sputnik / /StringerYangi namunadagi texnik pasport
Texpasport novogo obrazsa v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Yangi namunadagi texnik pasport

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2021-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0