O‘zbekistonlik sportchi Shvarsenegger festivalida jahon chempioni bo‘ldi

© FacebookOlesya Gureyeva chempionka mira
Olesya Gureyeva chempionka mira - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Arnold Sports Festival AQShning eng nufuzli sport festivallaridan biri sanalib, shaxsan Arnold Shvarseneggerning o‘zi bu musobaqani bevosita qo‘llab-quvvatlab keladi

TOShKENT, 5 mar — Sputnik. AQShning Ogayo shtatida bo‘lib o‘tgan Arnold Sports Festival sport musobaqasining masrestling yo‘nalishida o‘zbekistonlik sportchi Olesya Gureyeva birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Timur Tillyayev va uning rafiqasi Lola Karimova-Tillyayevaga chuqur hurmat va minnatdorligimni izhor etmoqchiman. Sizlarning yordamingiz, ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun. Sizlar tufayli sportchilarimiz O‘zbekistonimiz sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Sizlarga katta rahmat", — deb yozadi u.

Olesya Gureyeva masrestling bo‘yicha ko‘plab nufuzli musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2015-yil Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Jahon kubogi sovrindori. Bundan tashqari, 2015-yil Rossiyada o‘tkazilgan Jahon kubogining yakuniy bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Olesya Gureyeva - jahon chempioni
Olesya Gureyeva - Sputnik O‘zbekiston
Olesya Gureyeva - jahon chempioni

Arnold Sports Festival AQShning eng nufuzli sport festivallaridan biri sanalib, shaxsan Arnold Shvarseneggerning o‘zi bu musobaqani bevosita qo‘llab-quvvatlab keladi.

Yangiliklar lentasi
0