Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib keldi

© Sputnik / Yuriy Kaplun / Fotobankka oʻtishAshxobod aeroporti
Ashxobod aeroporti - Sputnik Oʻzbekiston
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga Oʻzbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat tashrifi bilan Turkmanistonga keldi, deya xabar bermoqda "Jahon" AA.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga rasmiy safar bilan joʻnab ketdi
Ashxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga Oʻzbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi.

"Turkmanistonda Prezidentimiz tashrifiga katta tayyorgarlik koʻrilgani har qadamda sezilib turibdi. Shahar koʻchalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, oʻzbek va turkman tillaridagi qutlov soʻzlari bilan bezatilgan", — deyiladi xabarda.

Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar oʻrin olgan. Tashrif yakunlari boʻyicha ikki davlat Prezidentlarining Qoʻshma bayonoti, Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala