TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Oʻzbekiston OAVlarida tarqalayotgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvi raisi etib Suxrob Xolmurodov tayinlandi.
Suxrob Xolmurodov 2016 yildan boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlab kelgan.
1973 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2000 yilda Toshkent Moliya institutini tugatgan. 1993 yildan beri bank sohasida ishlab keladi.
Milliy bankni 2005 yildan buyon Saidaxmat Rahimov boshqarib kelayotgan edi.