Jamiyat

2016 yilda 753 nafar oʻzbekistonlik Turkiyaga kelin boʻldi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Chet ellik kelinlar roʻyxatining ilk oʻntaligida Qirgʻiziston (638 nafar), Gruziya (595), Bolgariya (530) va Qozogʻiston (487) fuqarolari ham bor

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Turkiya Statistika idorasi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, oʻtgan 2016 yilda mazkur mamlakat chet ellardan 22583 nafar kelin olgan, deb yozadi "Hilol.uz" nashri.

Xorijlik kelinlarning eng koʻpi – 6495 nafari suriyalikdir. Buni Suriyaning Turkiya bilan qoʻshni ekani, qolaversa, Turkiyada bir necha million suriyalik qochqin yashayotgani bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, Germaniyadan 2644, Ozarboyjondan 2170, Rossiyadan 1445, Ukrainadan 1097 nafar kelin kelgan.

Oʻzbekistondan esa 753 nafar ayol Turkiyaga kelin boʻlgan.

Chet ellik kelinlar roʻyxatining ilk oʻntaligida Qirgʻiziston (638 nafar), Gruziya (595), Bolgariya (530) va Qozogʻiston (487) fuqarolari ham bor.

Yangiliklar lentasi
0