Siyosat

Turkmanistonda Islom Karimov haykali oʻrnatilyapti

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishOʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Gurbaguli Berdimuhammedovgi Oʻzbekistonning birinchi prezidenti sharafiga qoʻyilayotgan haykal uchun minnatdorchilik bildirdi

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga uyushtirgan rasmiy safari davomida Gurbanguli Berdimuhammedovga Islom Karimov sharafiga qoʻyilayotgan haykal uchun minnatdorchilik bildirdi.

Haykalning ochilish marosimi ikki davlat rahbari ishtirokida seshanba kuni Lebop viloyatida boʻlib oʻtadi.

Ashxobod aeroporti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga yetib keldi
"Men Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov sharafiga haykal ochilayotgani uchun sizdan minnatdorman. Siz oʻsha ogʻir damlarda bizning yonimizda boʻldingiz. Siz barcha aytgan ishlaringizni bajardingiz. Ertaga biz Islom Karimov sharafiga haykal va Oʻzbekistonning birinchi prezidenti nomiga koʻcha ochilishi marosimini oʻtkazamiz", — dedi Miriyoyev.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Ashxobod shahrida yuzma-yuz muzokaralar oʻtkazgan. Muzokaralar "Oʻgʻuzxon" prezident saroyi kompleksining ikki tomonlama muzokaralar zalida boʻlib oʻtdi. Davlat rahbarlarining yolgʻiz muloqoti rasmiy suratga tushish marosimidan soʻng tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Turkmaniston Bugun" davlat axborot agentligi. 

Prezident Gurbanguli Berdimuxamedov oliy mehmonga davlat tashrifi bilan Turkmanistonga kelish taklifini qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirgan. Uning qayd etishicha, bu tashrif turkman-oʻzbek munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga turtki boʻladi. Bunga doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, oʻzaro foydali hamkorlik poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekiston yetakchisi, oʻz navbatida, Gurbanguli Berdimuxamedovga Turkmanistonga taklif qilgani va ajoyib qabul uchun tashakkur izhor qilar ekan, davlatlararo muloqotning oʻzaro hurmat va amaliy mohiyatga ega yuqori darajasini qayd etdi. Shavkat Mirziyoyev ushbu tashrif ulkan salohiyatga ega ikki tomonlama hamkorlikka yangi turtki berishini taʼkidladi.

Tseremoniya proщaniya s Islamom Karimovыm v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Islom Karimov haykali Oqsaroy qarorgohi qarshisiga oʻrnatiladi
Davlat rahbarlari oʻzbek-turkman hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari haqida soʻz yuritishdi. Prezidentlar savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish zarurligini qayd etishar ekan, gumanitar-madaniy aloqalarni kuchaytirish zarurligini ham alohida uqdirishdi.

Tomonlar uchrashuv chogʻida mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi. Muzokaralar "Sulton Sanjar" zalida kengaytirilgan tarkibda davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala