Toshkentda IIB boshlig‘i o‘zgardi

© AP PhotoO‘zbek militsiyasi patrul mashinasi
O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Polkovnik Saidkarim Nishonboyev Toshkent viloyat IIB, polkovnik Shuhrat Sobirov Andijon viloyat IIB, polkovnik Shuhrat Parpiyev Andijon IIB boshliqligiga tayinlandi

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekiston ichki ishlar vaziri bir qator ichki ishlar boshqarma va bo‘limlariga yangi boshliqlarni tayinladi, deb xabar qilmoqda o‘zbek OAVlari "Postda" nashriga tayangan holda.

Kreslo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ikki viloyat IIB rahbarlari o‘zgardi
Xabarda aytilishicha, polkovnik Saidkarim Nishonboyev Toshkent viloyat IIB, polkovnik Shuhrat Sobirov Andijon viloyat
IIB, polkovnik Shuhrat Parpiyev Andijon IIB boshliqligiga tayinlangan.

Andijon viloyati Shahrixon IIBga podpolkovnik Akmaljon Yuldashev, Marhamat IIBga podpolkovnik Mahamadjon Nishonov va Izboskan tuman IIBga podpolkovnik Bektemir Bahromov boshliq bo‘ldi.

Farg‘ona viloyat IIB o‘rinbosari hamda Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga podpolkovnik Baxtiyor Rajapov boshliq etib tayinlandi.

Jizzax viloyatida ham bir qator rahbar o‘zgarishlari tasdiqlandi. Podpolkovnik Obidjon Sherqulov Zarbdor tuman IIBga, podpolkovnik Ilhom Sulaymonov Yangiobod IIBga, mayor Ilhom Xadjamqulov Zafarobod IIBga boshliq etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0