TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Xorijdan moliyalashtirilayotgan nodavlat tashkilotlar va Ommaviy axborot vositalari Qirgʻizistondagi vaziyatni izdan chiqarishga yordam berayotgan mish-mishlarni tarqatmoqda, deb bayonot qildi dushanba kuni Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev.
"Mish-mishlarni tarqatishda chet eldan moliyalashtirilayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar va OAVlar katta hissa qoʻshmoqda. Ayniqsa, bu borada AQSH tomonidan moliyalashtiriladigan "Azattik" ("Ozodlik radiosi" xizmati) bu borada oʻta "sergʻayratlik" qilmoqda. AQSH mendan nima uchun xafaligi sababini bilaman. Gap bu yerda demokratiyada ham, haqiqatda ham emas. Gap Atambayev Manasdan AQSH bazasini chiqarib yuborgani haqida boryapti", — dedi Atambayev davlat mukofotini topshirayotgan tadbir vaqtida.
Atambayevga koʻra, AQSH Qirgʻizistonga nisbatan ikkiyoqlama standartlarni namoyish qilmoqda.