Jamiyat

Oʻzbekistonda umumxalq xayriya xashari boʻlib oʻtadi

© Flickr / Aleksandr ZykovOʻzbekistonda umumxalq xashar kunlari
Oʻzbekistonda umumxalq xashar kunlari - Sputnik Oʻzbekiston
11-12 mart kunlari Oʻzbekistonda umumxalq xayriya xashari oʻtkaziladi

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. Har yili Navroʻz umumxalq bayrami arafasida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini oʻtkazish odat tusiga kirgan.

Oʻzbekistonda Navroʻz keng nishonlanmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyevning Navroʻz haqidagi qaroriga oʻzbekistonliklar munosabati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "2017 yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq allaqachon bu ayyomni koʻngildagidek oʻtkazish uchun chora-tadbirlar boshlab yuborilgan.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida mart-aprel oylari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi, deb eʼlon qilindi.

Navroʻz bayrami oldidan esa 11-12 mart kunlari esa umumxalq xayriya xashari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala