Hodisalar

Toshkentda Xitoy fuqarosini oʻmarmoqchi boʻlishdi

© fotoliaQonun va odil sudlov ramzlari
Qonun va odil sudlov ramzlari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qoʻriqlash xizmati pulti talonchining rejasini yoʻqqa chiqargan

TOSHKENT, 6 mar — Sputnik. 2017 yil 3 mart kuni nomaʼlum shaxs Mirobod tumani, Gospitalniy dahasidagi xonadonlardan birining eshigi kulfini temir jism yordamida ochib kirib, Xitoy Xalk Respublikasida tugʻilgan "Xuavey" korxonasida ishlovchi V.P.ga tegishli qimmatbaho buyumlarni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Maktablardagi xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha maxsus taktik oʻquv-mashgʻulotlar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qoʻriqlash xizmati bolalar xavfsizligini taʼminlashga shay, biroq...
Qoʻriqlash pulti signalizatsiyasi orqali qoʻriqlash pultiga "tashvish" xabari kelib tushgan.

Mirobod tumani 1-texnik qoʻriqlash pulti ekipaji — safdor A.A.Bektashev, safdor M.R.Yuldashev va katta serjant A.A.Suyarkulov hamda otryad komandiri mayor U.G.Ortiqovlarning voqea joyiga zudlik bilan etib borishlari natijasida gʻaraz niyatli shaxs voqea joyida, daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Oʻzganing mulkiga koʻz olaytirgan nomaʼlum shaxs 1986 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, Shayxontoxur tumani Uygʻur koʻchasida yashovchi, muqaddam sudlangan B. A. ekanligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0