Siyosat

Mirziyoyev va Berdimuhammedov dolzarb muammolarga qarshi birgalikda kurashishga vaʼdalashdilar

© Gosudarstvennoye informatsionnoye agentstvo TurkmenistanaOʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari - Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov
Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari - Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik Oʻzbekiston
Ashxobodda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Turkmaniston rahbarlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng Gurbanguli Berdimuhamedov matbuot qarshisida chiqish qilib, bugungi uchrashuv ikki davlat munosabatlarida yangi sahifa ochganini qayd etib oʻtdi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Gurbanguli Berdimuhamedov turkman-oʻzbek muzokaralari natijasini umumlashtirdi, deb xabar qilmoqda Turkmenistan segodnya axborot agentligi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Berdimuhammedov qator hujjatlarni imzoladilar
Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Prezidenti etib saylanganidan keyin davlat tashrifi bilan birinchi boʻlib Turkmanistonga kelganini taʼkidlab oʻtdi, deyiladi xabarda.

Gurbanguli Berdimuhammedovga koʻra, muzokaralar chogʻida ikki tomonlama aloqalar holati muhokama qilinib, xalqaro masalalar boʻyicha fikrlar almashilgan. Davlat rahbarlari muzokaralar yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarni oʻz ichiga olgan salmoqligina hujjatlarga imzo chekishgan.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekiston prezidenti bilan uchrashuv ikki davlatning turli yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganiga ishonch bildirdi.

Turkmaniston rahbarining qayd etishicha, muzokaralar vaqtida alohida eʼtibor mintaqa xavfsizligi masalalariga qaratilgan. U ikki mamlakatning qoʻshni Afgʻonistonda faqat siyosiy yoʻl bilan barqarorlik oʻrnatilishi borasidagi fikri ham mushtarakligini tasdiqladi.

Tomonlar ikkiyoqlama formatda yaqindan hamkorlik qilishga hamda xalqaro tashkilotlar doirasida xalqaro terrorchilik, ekstremizm, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga kelishib olganlaryu.

"Alohida eʼtibor esa Markaziy Osiyo hududida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash masalasiga qaratildi. Bugungi kunda Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi hamkorlik bu jarayonning muhim tarkibiy qismi boʻlmoqda. Bu oʻrinda pozitsiyalar aniq: ikki mamlakat ham Markaziy Osiyoning tinch va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam va samarali mexanizm yaratilishini istaydi", degan turkmanistonliklar rahbari.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ikki mamlakat ham Afgʻoniston muammosini hal etish borasida umumiy fikrdaligini, yaʼni muammoni faqat tinch va siyosiy yoʻl bilan, umummilliy muloqot vositasida hal etish mumkin degan fikrda ekanini qayd etgan. Davlat rahbarlari Afgʻonistonda BMTning tinchlikparvar kuchlari yanada faolroq va kengroq harakatlanishi lozimligini taʼkidlashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala