Bu safar qizaloq: Nilufar Usmonova to‘rtinchi bor ona bo‘ldi

© Youtube / YouTubeXonanda Nilufar Usmonova
Xonanda Nilufar Usmonova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda qiz farzandni dunyoga keltirdi, hozircha yangi mehmonning ismi oshkor qilinmayapti

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbek estradasining eng yorqin yulduzlaridan biri Nilufar Usmonova to‘rtinchi farzandni dunyoga keltirdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bugun Nilufar Usmonova qizaloqni dunyoga keltirdi. Xonandani yangi mehmon bilan eng avvalo uning hamkasbi va dugonasi Shahzoda o‘zining Instagramdagi sahifasi orqali tabriklagan.

Publikatsiya ot Shahzoda♌️ (@shahzodasinger) Mar 7 2017 v 12:26 PST

 

"Sen bugun jajjigina malikaning onasi bo‘lding. Ajoyib qizaloqni dunyoga keltirganing bilan chin yurakdan tabriklayman. Yangi mehmonga mustahkam sog‘lik va baxtli hayot tilayman", — deb izoh qoldirgan Shahzoda Nilufarning surati tagida.

Nilufar Usmonovaning sahifasi ham tabriklarga to‘lib-toshgan. Ammo hozircha qizaloqqa qanday ism tanlangani xabar qilinmayapti.

Eslatib o‘tamiz, Nilufar Usmonova uch nafar o‘g‘il farzandlarning onasi.

Yangiliklar lentasi
0