Siyosat

Turkmaniston Oʻzbekiston bilan Qora dengizga chiqishga tayyorligini bildirdi

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishQora dengiz
Qora dengiz - Sputnik Oʻzbekiston
Berdimuhammedov oʻz mamlakati Oʻzbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi-Janubiy Kavkaz yoʻnalishida transport yoʻlagi tashkil qilish orqali, Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa mamlakatlarning Qora dengizdagi portlariga chiqish imkoniyatiga ega boʻlish uchun hamkorlikka tayyorligini bildirdi

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi rasmiy safarini Turkmanistonga uyushtirgani haqida xabar qilgan edik.

Oliy darajadagi muzokaralar boʻyicha ikki davlat rahbarlari qator hujjatlarni imzoladilar.

Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Turkmanistonda Islom Karimov haykali oʻrnatilyapti
Ilgariroq Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari dolzarb muammolarga qarshi birgalikda kurashishga vaʼdalashgani haqida xabar bergan edik.

Turkmaniston bugun axborot agentligining xabariga koʻra, ikki yetakchi tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash masalalaridan tashqari boshqa qator sohalarda, jumladan, energetika xavfsizligi, xalqaro transport-tranzit aloqalari, ekologiya va atrof-muhitni asrash masalalarida ham muvofiqlikda harakat qilishga kelishib olishgan.

Energetika barqarorligi deyilganda Turkmaniston va Oʻzbekistonning mintaqada yirik koʻlamli energetik loyihalarda ishtiroki nazarda tutilmoqda.

Bunda birinchi navbatda Turkmaniston-Oʻzbekiston-Qozogʻiston-Xitoy gazuzatkichini misol keltirish mumkin. Turkmanboshi shuningdek, Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga elektrenergiyasini yetkazib berish loyihasi doirasida Turkmaniston-Oʻzbekiston-Tojikiston-Afgʻoniston-Pokiston marshruti boʻyicha hamkorlikni faollashtirishga tayyorligini bildirgan.

"Transport sohasida kuchli va zamonaviy infratuzilma yaratish boʻyicha hamkorlik davom ettiriladi. Bu hamkorlik Markaziy Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharq transport tizimlarini birlashtiradi", deydi Berdimuhamedov. U Turkmaniston Oʻzbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi-Janubiy Kavkaz yoʻnalishida transport yoʻlagi tashkil qilish orqali, Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa mamlakatlarning Qora dengizdagi portlariga chiqish imkoniyatini ham oʻz ichiga olishini aytib oʻtgan.

Berdimuhammedov 2011 yil 25 aprelda imzolangan Eron Islom Respublikasi, Ummon sultonligi, Turkmaniston va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasidagi xalqaro transport va tranzit yoʻlagini yaratish toʻgʻrisidagi bitim (Ashxobod bitimi) faollashtirilishi boʻyicha kelishuvga erishilganini qayd etgan. Ushbu bitim Markaziy Osiyo mamlakatlari, Fors koʻrfazi hamda Ummon dengizi portlari oʻrtasida tovarlarni uzluksiz tashish va tranzit uchun ishonchli transport yoʻlagini yaratishga yoʻnaltirilgan.

Davlat rahbarining ushbu tashrifi doirasida ochiladigan Amudaryo ustida qurilgan avtomobil va temir yoʻl koʻpriklari mazkur transport yoʻlagining muhim qismi hisoblanadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan tomonlar bu sohada umumiy fikrga kelgan. "Ikki davlatning mavjud sanoat va infratuzilmaviy salohiyatlari bu jarayonda katta rol oʻynaydi", degan Turkmaniston rahbari.

Turkmaniston prezidenti agrosanoat sohasini ikki davlat koʻp yillardan buyon hamkorlik qilib kelayotgan muhim yoʻnalish sifatida baholagan va Oʻzbekiston tomonida qishloq xoʻjaligi texnikalari yetkazib kelayotgani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Oʻzbekiston va Turkmaniston prezidentlari - Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Berdimuhammedov dolzarb muammolarga qarshi birgalikda kurashishga vaʼdalashdilar
"Keyingi yillarda Oʻzbekistondagi zavodlarda ishlab chiqarilayotgan avtomobil va texnikalar xaridorgir boʻlmoqda. Oʻzbekistondagi korxonalar kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishda ham ulkan tajribaga ega. Buning evaziga ikki tomonlama tovar aylanmasini sezilarli darajada oʻstirish imkoniyati mavjud", degan turkmanistonliklar rahbari.

Muzokarada hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini ishga solish, savdo-iqtisodiy aloqalar qamrovini kengaytirish, hududlarning toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorligini rivojlantirishga kelishib olindi.

Transchegaraviy daryolardan oqilona foydalanish, choʻllanishga qarshi kurashish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala