Yaponiya O‘zbekistonga shifoxona va maktablar uchun 551 ming dollarlik grant ajratdi

Obuna bo‘lish
1995 yildan boshlab ushbu dastur doirasida O‘zbekistonda tibbiyot va ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jami 26 044 456 dollarlik 363 loyiha amalga oshirildi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Bugun Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Nobuaki Ito "Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam" dasturi doirasidagi grant shartnomalarini imzoladi. Bu haqda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Amalga oshirilishi rejalashtirilgan 8 loyiha uchun jami 551 132 dollari ajratilgan. Grant oluvchi muassasalar ro‘yxatidan Toshkent viloyat o‘sma kasalliklar dispanseri, Toshkent shahar 3-sonli bolalar klinik shifoxonasi, Namangan viloyat onkologiya dispanseri o‘rin olgan.

Toshkentda Yaponiya elchixonasida grantlarni topshirish tadbiri. - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya 11 ta ijtimoiy loyiha uchun grantlar ajratdi

Shuningdek, Samarqand viloyati Oqdaryo tumani 40-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani 2-sonli maktabgacha davlat ta’lim muassasasi, shu tumandagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Jizzax shahar ko‘zi ojiz va zaif bolalar maxsus maktab internati va Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati ham Yaponiya hukumati grantlarini qo‘lga kiritdi.

1995 yildan boshlab ushbu dastur doirasida O‘zbekistonda tibbiyot va ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan jami 26 044 456 dollarlik 363 loyiha amalga oshirildi.

Shartnomalarni imzolash marosimida Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Ito, elchixona xodimlari, "Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg‘araz yordam dasturi" koordinatori Satoru Nishizava hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Yangiliklar lentasi
0