Shavkat Mirziyoyev tasviri tushirilgan tabrik otkritkasi barchani lol qoldirdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tish8 mart
8 mart - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu otkritkaga davlat rahbarining aloqasi bormi yoki uni tashabbuskorlar guruhi joylashtirganmi, bu aniq emas

TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek guruhlari sahifalarida 8-mart — xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan tabrik otkritkasi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bu otkritkaning o‘ziga xosligi shundaki, unda qo‘lida ajoyib guldasta tutib O‘zbekiston xotin-qizlarini bayram bilan tabriklagan mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tasvirlangan. Otkritkada shuningdek, "Bundan yaxshisiga hech kim qodir emas" (Prosto luchshe ne smojet nikto) degan yozuv bor.

© Sputnik / |StringerShavkat Mirziyoyev tasvirlangan tabrik otkritkasi
Otkritka v sossetax s pozdravleniyem yakobi ot Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev tasvirlangan tabrik otkritkasi

Ushbu otkritkaga davlat rahbarining aloqasi bormi yoki uni tashabbuskorlar guruhi joylashtirganmi, bu aniq emas, lekin otkritka fotodastur yordamida tayyorlangani ko‘rinib turibdi.

Nima bo‘lmasin, ushbu tashabbus barcha o‘zbekistonlik ayollarga yoqdi. Minnatdorlik so‘zlari bitilgan izohlar bir necha mingdan oshib ketdi.

"Rahmat! Judayam yoqdi! Prezidentimizga tasanno!", "Quvonchimning cheki yo‘q! Tabrik uchun katta rahmat!", "Voy, bizni prezidentning o‘zi tabriklabdi, rahmat" — bular minnatdorlik bildirilgan izohlarning mingdan biri.

Ilgariroq mamlakat rahbari O‘zbekiston xotin-qizlarini bayram bilan tabriklab, o‘z tabrigida "yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz" deb e’tirof etib o‘tgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini oshirish, ularning hayotiy manfaatlarini yanada keng ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0