Jamiyat

Oʻzbekiston mahsulotlari Pokistonga eksport qilinadi

© JahonStend Uzbekistana na vыstavke "Tekstillegprom-2016" v VDNX
Stend Uzbekistana na vыstavke Tekstillegprom-2016 v VDNX - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻrgazma zalida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-oʻtkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi

TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Islomoboddagi elchixonasida "Savdo karvoni: Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan" nomidagi doimiy faoliyat yurituvchi koʻrgazma zalining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda. Marosim Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari rahbarligidagi delegatsiyaning Pokistonga tashrifi doirasida oʻtkazildi.

Prodekspo-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston mahsuloti Moskva koʻrgazmasida oliy mukofotni oldi

Koʻrgazma zalida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-oʻtkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi.

Oʻzbekiston mahsulotlarining namoyish etilgan namunalari pokistonliklarda katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, Bahria Town qurilish kompaniyasi va "Oʻzsanoateksport" aktsiyadorlik jamiyati oʻrtasida Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini Pokistonga eksport qilish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, Pokistonning bir qator qurilish kompaniyalari va mobil aloqa operatorlari oʻzbekistonlik sheriklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri munosabatlarni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirishdi.

Islomobodda Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasi ochildi
V Islamabade otkrыlas vыstavka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Islomobodda Oʻzbekiston savdo koʻrgazmasi ochildi

Koʻrgazma ishtirokchilari shuningdek, zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan maishiy texnika tizimi, jumdalan, Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan "aqlli" televizorlar va planshetlarga eʼtibor qaratishdi.

Pokiston vakillari koʻrgazmaga qoʻyilgan oʻzbekistonlik sanoatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Oʻzbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sohasida muvaffaqiyatli islohotlar olib borilgani, bu esa dunyo bozorlarining barcha talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish salohiyati shakllanishiga xizmat qilganini taʼkidlashdi.

Tadbirda Pokiston hukumati, Islomobod, Sialkot, Lahor Savdo-sanoat palatalari, ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala