Toshkentda Navro‘z tadbirlari o‘tkaziladigan joylar nomi e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Poytaxtning 20 dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida maxsus tayyorlangan sahnalarda Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari va sayillar tashkil etiladi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. 21-mart kuni poytaxtning 20 dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida Navro‘z ayyomiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari va sayillar tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

"Bayram kuni tumanlar kesimida 20 dan ziyod maydon va istirohat bog‘larida maxsus tayyorlangan sahnalarda qadimiy urf-odatlarimizga xos bo‘lgan dorbozlar, qiziqchilar, xalq teatri vakillari, askiyachilar, badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, sirk artistlari, baxshilar, shoirlar, shuningdek professional ijrochilar va iste’dodli estrada artistlarining chiqishlari hamda ommaviy sport o‘yinlari (polvonlar musobaqasi, arqon tortish va hokazo) tashkil etiladi", deyiladi xabarda.

Navro‘z - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyovning Navro‘zni nishonlash to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi

Shuningdek, Navro‘z sayillari bo‘lib o‘tadigan maydonlar, sayilgohlar, istirohat bog‘larida milliy va bahor taomlari savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar ro‘yxati quyidagicha:

1.Shayxontohur tumanida joylashgan "Lokomotiv — Anhor" madaniyat va istirohat bog‘i yonidagi maydon.

2.Bektemir tumanida joylashgan "Quyoshcha nuri" madaniyat va istirohat bog‘i hududi.

3.Bektemir tumanidagi Binokor shaharchasi.

4.Mirobod tumanida joylashgan "Furqat" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

5."Temiryo‘lchilar" madaniyat saroyi.

Navro‘z bayramini nishonlash - Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z YuNESKO nomoddiy boyliklari ro‘yxatiga kiritildi

6."Mirzo Ulug‘bek" nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

7. Shastri maydoni yonidagi hudud (sobiq Hayvonot bog‘i).

8."Lokomotiv" madaniyat va istirohat bog‘i.

9.Akademiklar shaharchasidagi Mirzo Ulug‘bek haykali orqasidagi maydon.

10.Sergeli tumanida joylashgan "Green Park" madaniyat va istirohat bog‘i.

11.Sergeli tumani hokimligi yonidagi "Kamolot" bog‘i hududi.

12.Uchtepa tumanida joylashgan "Bog‘i shamol" madaniyat va istirohat bog‘i.

13.Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

14.Olmazor tumanida joylashgan "Nurafshon" madaniyat va istirohat bog‘i.

15.Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘i.

16.G‘afur G‘ulom nomidagi madniyat va istirohat bog‘i.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev bu yil Navro‘z qanday nishonlanishini aytdi

17.O‘zbek Davlat sirki oldi maydoni.

18.Shayxontohur tumanidagi "Ibn Sino" mavzesida yangitashkil etilgan bog‘ hududi.

19.Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni.

20.Toshkent Hayvonot bog‘i oldi maydoni.

21.Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i.

22.Pushkin bog‘i hududi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi binosi oldi.

23.O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat ma’rifat markazi (sobiq 24."Aviasozlar" madaniyat saroyi) maydoni.

Yangiliklar lentasi
0