Jamiyat

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini bir soat ichida olish mumkin

© Sputnik / /StringerVoditelskiye prava novogo obraztsa
Voditelskiye prava novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Guvohnomani olish uchun toʻlov eng kam ish haqining 55%i, 83 ming soʻm atrofida boʻladi

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. 2017 yil 1 oktyabrdan beriladigan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini bir soat ichida olish mumkin. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent shahri IIBB YHXB podpolkovnigi Zarif Yusufjonov maʼlum qildi.

Uning aytishicha, Guvohnomani olish uchun toʻlov eng kam ish haqining 55%i, 83 ming soʻm atrofida boʻladi.

Haydovchi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yangi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi

"Haydovchi ushbu summani faqatgina guvohnoma uchun toʻlaydi, agarda imtihon topshiradigan boʻlsa, u holda imtihon uchun alohida pul toʻlanadi. Staji muddati 12 oydan kam boʻlmagan haydovchilar guvohnomani imtihonlarsiz oladilar. Staj muddati shaxsiy avtomobilni roʻyxatga olinish sanasi, transport vositasini boshqarish uchun ishonchnoma vaqti yoki ish joyidan maʼlumotnoma orqali belgilanadi", — dedi u.

Suhbatdosh ushbu haydovchilik guvohnomasini xalqaro deyish notoʻgʻri ekanligini, guvohnomalar milliy, lekin barcha xalqaro talablarga javob berishini, oʻzbekistonliklar mazkur haydovchilik guvohnomalaridan dunyoning istalgan mamlakatida foydalanishlari mumkinligini bildirdi.

Yana bir narsa — jarima taloni tarixda qoladi. Uning oʻrniga haydovchilarning qoida buzishlari qayd etib boriladigan elektron maʼlumotlar bazasi joriy etiladi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olish 2017 yil 1 oktyabrdan 2018 yil 31 dekabrga qadar ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibga aylanadi.

Guvohnoma 10 yil muddatga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0