O‘zbekistonlik paralimpiyachilar AQShga borishadi

© Novosti UzbekistanaV Tashkente vstretili geroyev Paralimpiadi
V Tashkente vstretili geroyev Paralimpiadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Besh haftaga mo‘ljallangan safar 11-mart kuni boshlanadi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. 15 mamlakatning imkoniyati cheklangan sportchilaridan iborat guruh Davlat departamenti ishtirokida o‘tkaziladigan almashuv dasturi doirasida AQShga boradilar, deb xabar berdi RIA Novosti.

Besh haftaga mo‘ljallangan safar 11-mart kuni boshlanadi.

Paralimpiyachilar, milliy paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari, ijtimoiy tadbirkorlardan iborat guruh tarkibi O‘zbekiston, Argentina, Armaniston, Misr, Rossiya, Estoniya, Fiji, Gruziya, Hindiston, Kosovo, Mongoliya, Saudiya Arabistoni, Surinam, Janubiy Afrika va Venesuela vakillaridan tashkil topgan.

Almashuv dasturi doirasida Amerika imkoniyati cheklangan sportchilar assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv rejalashtirilgan. Sportchilar guruhi dastlab Vashingtonga tashrif buyuradi, so‘ngra mamlakat bo‘ylab sayohat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0