Jamiyat

Buxoroda maydoni 1 gektardan ortiq boʻlgan tarix muzeyi quriladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Muzey qurilib, ishga tushirilsa, "Ark" qoʻrgʻonida saqlanayotgan noyob eksponatlar u yerga koʻchiriladi

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Buxoro tarixi davlat muzeyi loyihasini koʻzdan kechirdi.

1,2 gektar maydonni oʻz ichiga oluvchi ushbu muzey qurilishiga byudjet mablagʻlari hisobidan 68,3 milliard soʻm sarflanishi moʻljallanmoqda, deb xabar bermoqda uz24uz.

Jamiyat
Buxoroda minglab ish oʻrinlari yaratiladigan 13ta yirik sanoat loyihasi ishga tushiriladi

Muzey qurilib, ishga tushirilsa, "Ark" qoʻrgʻonida saqlanayotgan noyob eksponatlar u yerga koʻchiriladi. Oltmishdan ortiq ish oʻrni yaratiladi.

Prezident muzeyni jahon standartlariga mos jihozlash, zamonaviy texnologiyalar oʻrnatish, bu yerga keluvchilarning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur koʻrsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev madaniy meros obʼyektlarining bugungi kundagi holati va ularni saqlashga doir loyihalar taqdimotlari bilan ham tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0