Jamiyat

Xorazmda oʻz qizchalarini sotmoqchi boʻlgan ikki ayol ushlandi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Mediabankka oʻtishMat s mladentsem
Mat s mladentsem - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hazorasplik ayollardan biri toʻrt yoshli qizini 1000 dollarga, yana biri esa uch yoshli qizini 1500 dollarga pullamoqchi boʻldi

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari IIB xodimlari bilan hamkorlikda ikki nafar ayolning oʻz farzandlarini sotib yuborishlarining oldini olishdi, deb xabar berdi kuch tizimi xodimi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, Hazorasp tumanilik 23 yoshli Poshshaxon Roʻzimova farzandini 1000 dollarga sotishni rejalashtiradi. Ayol toʻrt yoshli qizi uchun aytilgan miqdordagi pulni olayotganida ushlandi.

Hazorasplik yana bir 22 yoshli Zubayda Xoʻjayeva ham uch yoshli qizalogʻini 1500 dollarga pullayotganida qoʻlga olindi.

Jinoyatchilikka qarshi kurash - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Andijonda farzandini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi

Yuqoridagi holatlar boʻyicha Roʻzimova va Xoʻjayevaga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi ("Odam savdosi") boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bugungi kunda odam savdosi jahondagi eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Oʻzbekistonda ushbu illatga qarshi jiddiy kurash olib borilmoqda. Xususan, "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi qonun va Oʻzbekiston Prezidentining "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida"gi qarori bu borada tashlangan muhim qadam boʻldi.

Oʻzbekiston shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha asosiy xalqaro kelishuvlarni ratifikatsiya qilgan. Biroq, koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi kuzatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0