O‘zbekistonda yoz fasliga qadar baliq ovlash taqiqlandi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishRibak na beregu reki
Ribak na beregu reki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taqiq mamlakat tabiiy suv havzalarida baliq resurslaridan ratsional foydalanish maqsadida qo‘yildi va bahor oxiriga qadar amal qiladi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi mamlakat tabiiy suv havzalarida baliq resurslaridan ratsional foydalanish maqsadida respublika hududida 10-martdan baliq ovlashga taqiq qo‘yilishi haqida ma’lum qildi.

Xususan, 10-martdan 31-mayga qadar Amudaryo va Sirdaryo darolarida, 25-apreldan 10-iyunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalari va 16-apreldan 31-mayga qadar mamlakatning boshqa suv havzalarida baliq ovlash taqiqlanadi.

Taqiq davrida barcha baliq ovlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va baliq resurslarini ovlash bilan shug‘ullanuvchi xususiy tadbirkorlar suv havzalaridan ov anjomlarini olishlari, omborxonaga topshirishlari va hayvonot hamda o‘simlik dunyosi himoyasi bo‘yicha inspektorlar guvohligida muhrlashlari kerak.

Baliq - Sputnik O‘zbekiston
Xivada Vyetnam texnologiyasi asosida baliq yetishtiriladi

Baliqlarning uvuldiriq sochishi taqiq davrida tabiiy suv havzalarida motorli qayiqlarda harakatlanishga faqatgina hayvonot va o‘simlik dunyosini himoya qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi xodimlari, ov xo‘jaliklarining yegerlik xizmatlariga esa — tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan ruxsat beriladi.

Bu davrda sport-havaskorlik maqsadida baliq ovlash motorli qayiqlardan foydalanmay turib va 5 donadan ortiq bo‘lmagan qarmoq miqdorida ruxsat beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy qo‘mitalari Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi inspektorlari bilan hamkorlikda baliq ovlashga qo‘yilgan taqiq davrida o‘g‘rincha ovlash, baliq va baliq mahsulotlarini noqonuniy ravishda o‘tkazish bilan kurashish maqsadida nazorat reydlari o‘tkazadi.

Yangiliklar lentasi
0