Prezident: Buxoroda Toshkent islom universitetining maxsus fakultetini tashkil qilish kerak

© David HoltAnsambl Poi-Kalon. Gorod Buxara
Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev buyuk alloma Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qildi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev buyuk alloma Bahouddin Naqshband me’moriy majmuasini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar berdi.

Taomilga binoan Bahouddin Naqshbandning ruhi poki haqiga Qur’on tilovat qilindi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga keldi

Prezident mazkur yodgorlik majmuasini yanada obod maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

"Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi beqiyos. Bu zaminda ko‘plab allomalar tavallud topgan va yashagan. Ularning boy madaniy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun bu yerda Toshkent islom universitetining maxsus fakultetini tashkil qilish kerak", dedi davlat rahbari.

Mazkur ziyoratgoh O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1993-yilda Bahouddin Naqshband tavalludining 675-yilligi munosabati bilan ta’mirlangandi. Majmuadagi daxmalar, maqbaralar, masjidlar, ayvonlar va madrasaning haqiqiy qiyofasi tiklanib, qutlug‘ qadamjoga aylantirildi.

Yangiliklar lentasi
0