Jamiyat

Toshkentdagi reydlar: farzandingiz darsga bormay internet-kafeda oʻtiribdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Poytaxt militsionerlari maktabda boʻlish oʻrniga internet-kafeda oʻtirgan 23 oʻquvchini hamda qonunchilikda taqiqlanganiga qaramasdan soat 22:00dan soʻng internet-kafeda boʻlgan toʻrt nafar voyaga yetmaganlarni aniqlashgan

TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Ichki ishlar organlari xodimlarining poytaxtda oʻtkazgan reydlari natijasida voyaga yetmagan bolalar kechqurun internet-kafelarga kelayotganligi maʼlum boʻldi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Toshkent shahar IIBB maʼlumotiga koʻra, 3 martdan 9 martga qadar poytaxt militsionerlari 25ta ana shunday muassasani koʻzdan kechirishgan va maktabda boʻlish oʻrniga internet-kafeda oʻtirgan 23 oʻquvchini hamda qonunchilikda taqiqlanganiga qaramasdan soat 22:00dan soʻng internet-kafeda boʻlgan toʻrt nafar voyaga yetmaganlarni aniqlashgan.

Ekran smartfona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda 36 oʻsmir "oʻlim guruhi"ga kirganligi aniqlandi

Tartib va qonunchilikni buzgan muassasalar va nooʻrin vaqtda internet-kafega kirgan bolalarning ota-onalariga nisbatan tegishli maʼmuriy choralar koʻrildi.

Hafta davomida shuningdek, 217 nafar maktab, 306 nafar kollej, 27 nafar litsey oʻquvchilari turli sabablarga koʻra dars mashgʻulotlarida qatnashmayotganligi aniqlangan.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida 69 ta taʼlim muassasasida oʻqituvchi va murabbiylar, ota-onalar ishtirokida sayyor muhokamalar oʻtkazildi, 27 nafar ota-onaga nisbatan maʼmuriy taʼsir choralari koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda oʻquvchi-yoshlarning mobil telefonlari tekshirilganida, 36 nafar oʻsmir "oʻlim guruhi"ga jalb etilganligi aniqlandi.

Yangiliklar lentasi
0