O‘zbekistonliklar Asia Model Festival festivali finalida qatnashadi

© NUZ.UZV rezultate vsex otborochnix turov pobeditelem konkursa Face of Central Asia stal uzbekistanes Shaxboz Maxmudov, zanyavshiy pervoe mesto i ostaviv pozadi Allu Ekman (Kirgizstan) i Safinu Gaibovu (Tadjikistan)
V rezultate vsex otborochnix turov pobeditelem konkursa Face of Central Asia stal uzbekistanes Shaxboz Maxmudov, zanyavshiy pervoe mesto i ostaviv pozadi Allu Ekman (Kirgizstan) i Safinu Gaibovu (Tadjikistan) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik modellar Almatida bo‘lib o‘tgan Face of Central Asia festivalida ishtirok etishdi va Seulda bo‘ladigan Asia Model Festival festivaliga yo‘l oladigan bo‘lishdi

TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Seulda bo‘lib o‘tadigan Asia Model Festival modellar festivalida O‘zbekistondan uch nafar vakil qatnashadi.

Markaziy Osiyoning eng yaxshi modellari har yili Face of Central Asia tanlovi orqali aniqlanadi. Bu yil Qozog‘istonning Almati shahrida 24-24 fevral kunlari uchinchi bor o‘tkazilgan yarim finalda dizaynerlar chiqishlari, moda va go‘zallik bo‘yicha ekspertlar ishtirokidagi seminarlar, dizaynerlar uchun shou rumlar tashkil etildi. Bu haqda NUZ.UZ xabar bermoqda.

© NUZ.UZFestival finali dunyoning 127 mamlakatida jonli efirda ko‘rsatiladi
Final v Yujnoy Koree transliruyetsya v pramom efire v 127 stranax mira na takix mejdunarodnix telekanalax, kak ArirangTV i KBS world, a takje onlayn - Sputnik O‘zbekiston
Festival finali dunyoning 127 mamlakatida jonli efirda ko‘rsatiladi

Face of Central Asia —Asia Model Festival festivalining yarim final bosqichi bo‘lib, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi madaniy almashuv tadbiri hamdir. Mazkur festival orqali ishtirokchilar moda va go‘zallik yo‘nalishi orqali o‘z mamlakati madaniyati, iqtidorli va go‘zal insonlarini butun dunyoga tanishtiradilar.

Tanlovda dizaynerlar Aidai (Ayday Asangulova, Qirg‘iziston), Sindor Collection (Sindor Toshkentboyev, O‘zbekiston), Umed art collection va Murod Fashion (Murod Boboqulov, Tojikiston), "Asil-Dizayn" (Aydarxan Kaliyev, Qozog‘iston) qatnashdilar.

Samarqandlik Sindor Toshkentboyev 2013-yilda dizaynerlik kollejini bitirgach Sindor Collection brendini yaratgan. Sindor Collection brendi liboslari mahalliy estrada yulduzlari orasida ommalashib bormoqda.

O‘zbekistonlik Shahboz Mahmudov barcha saralash bosqichlaridan so‘ng birinchi o‘rinni olib Face of Central Asia tanlovining g‘olibiga aylandi. U bilan birga, Eleonora Kornilova Visit Korea kompaniyasining homiylik sovg‘asi va Koreyada bo‘lib o‘tadigan final yo‘llanmasini, Anastasiya Uxova esa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib, 2017-yil iyunida Seulda bo‘lib o‘tadigan Asia Model Festival xalqaro modellar festivalida O‘zbekistondan uch nafar vakil ishtirok etadi.

Ushbu festivalda Osiyoning 25 davlatidan modellar, dizaynerlar qatnashadilar. Festival finali dunyoning 127 mamlakatiga jonli efirda translyatsiya qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0