Jamiyat

Samarqand viloyat bosh imom xatibi oʻrinbosari gaz, svet, suv pulini vaqtida toʻlashga chaqirdi

"Gaz va elektr energiyasi davlatning mulki. Davlatning asosini esa xalq tashkil etishini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu neʼmatlarning haqini toʻlamasdan foydalanish xalq mulkiga xiyonat hisoblanadi", deyiladi murojaatda

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Samarqand viloyat bosh imom xatibi oʻrinbosari, Imom Buxoriy jome masjidi imom xatibi Zayniddin Eshonqulov "Zarafshon" nashri orqali aholini suv, svet va gaz haqini vaqtida toʻlashga chaqirdi.

Gaz yoʻq - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqand hokimligi: gaz va elektrdan qarz 1 trln soʻmdan oshgan. Ayb kimda?
"Bugun hayotimizni suv, elektr energiyasi, tabiiy gazsiz tasavvur qila olmaymiz. Bu neʼmatlar uchun har kuni shukrona aytamiz. Ammo keyingi paytda koʻcha-koʻyda, davralarda ana shu neʼmatlardan isrofgarchilik bilan yoki noqonuniy foydalanish, ularning haqini toʻlamaslik holatlari haqida koʻp eshityapmiz. Bu ishlarning ortida esa aldov, oʻzganing haqiga xiyonat, boshqaning mulkini haq-huquqsiz oʻzlashtirish kabi dinimiz tomonidan butkul qoralangan illatlar yotadi.

Gaz va elektr energiyasi davlatning mulki. Davlatning asosini esa xalq tashkil etishini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu neʼmatlarning haqini toʻlamasdan foydalanish xalq mulkiga xiyonat hisoblanadi. Qolaversa, davlat byudjetiga tushadigan bu mablagʻlarda pensionerlarning, kam taʼminlanganlar, nogironlar, yetim-yesirlarning haqi bor. Kommunal toʻlovlarni amalga oshirmayotganlar zikr etilgan qatlamlar haqini oʻzlashtirib yuborayotganlari, bu ishlari bilan oʻzganing haqini yeyayotganlarini bilishlari lozim. Vaholanki, Qurʼoni karimda "Bir-birlaringizning mollaringizni botil yoʻl bilan yemang", deya kishilarni boshqaning mulkiga koʻz olaytirishdan qaytarilgan.

Konforki gazovoy plitы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandshahargaz: gaz boʻlmasa ham qarz bor
Yuqorida keltirib oʻtilgan va ulardan boshqa neʼmatlar insonlarga turli turmush qiyinchiliklarini yengillatish, yashash uchun qulay shart-sharoitlarni hozirlash uchun berilgan. Shuning bilan bir qatorda Qurʼoni karimda "(Yer) yuzidagi barcha narsalar foniydir", demoqlik bilan neʼmatlar abadiy emasligi, maʼlum miqdor va oʻlchov bilan chegaralab qoʻyilgani maʼlum qilingan.

Bu tabiiy neʼmatlardan talab etilgan koʻrinishda foydalanish, ularda hammaning ham birdek haqi borligini unutmaslik lozim.
Shunday boʻlgach, har bir fuqaro oʻziga yuklatilgan vazifalarni astoydil bajarishi, zimmasidagi majburiyatlarga vijdonan yondashmogʻi va oʻzgalarning haq-huquqlarini poymol qilmasligi, moliga xiyonat etmasligi zarur. Buning natijasi esa shu fuqaroning oʻziga, jamiyatga, davlatga faqat manfaat keltirishi shubhasiz", — deyiladi maqolada.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala