Madaniyat

Toshkentda alohida qimmatga ega gramplastinkalar namoyish etilmoqda

© Stringer/SputnikGramplastinkalar koʻrgazmasi
Gramplastinkalar koʻrgazmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Koʻrgazmalar zalida kutubxonaning umumiy fondlari tarkibidagi musiqa boʻlimida saqlanayotgan alohida qimmatga ega gramplastinkalar koʻrgazmasi ochildi

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Koʻrgazmalar zalida kutubxonaning umumiy fondlari tarkibidagi musiqa boʻlimida saqlanayotgan alohida qimmatga ega gramplastinkalar koʻrgazmasi ochildi, deya xabar qilmoqda kutubxonaning Umumiy fondlarni saqlash xizmati.

Mazkur koʻrgazmada "Aprelevskiy" zavodida ishlab chiqarilgan noyob retro-ovozlar namoyish etilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, 1910 yilda Moskva viloyatidagi Aprelevka qishlogʻida grammofonlar uchun plastinkalar ishlab chiqaruvchi birinchi rus fabrikasiga asos solingan. U dunyodagi eng yirik gramplastinka zavodi boʻlgan. Bu yerda oʻn mingdan ziyod ishchi turli janr yoʻnalishlari boʻyicha ovozli yozuvlarni tayyorlashgan.

Anor gullaganda... koʻrgazmasida namoyish etilayotgan qoraqalpoq ayollari milliy liboslari - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Moskvadagi Modalar uyida oʻzbek milliy liboslari namoyish etildi - fotoreportaj
"Aprelevskiy" zavodining gramplastinkalariga bagʻishlangan koʻrgazmada oʻzbek musiqasi, dunyo xalqlari kuy va qoʻshiqlari, taniqli sanʼatkorlar ijro etgan qoʻshiqlar, multfilmlardan bolalar musiqasi, ertaklar, teatrlashtirilgan instsenirovkalar, romanslar, opera musiqasi, buyuk kompozitorlar asarlari, oʻzbek va jahon klassik bastakorlari kuylarining taniqli musiqachilar tomonidan ijrosi, kinofilmlarga ishlangan musiqalar, raqsning turli yoʻnalishlari (balet, bal raqslari, vals, disko, dunyo xalqlari raqslari) va boshqa janrlardan iborat gramplastinkalar oʻrin olgan.

Koʻrgazmaga tashrif buyuruvchilar Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining "Ijod" zalida gramplastinkalarni eshitish hamda ularga manzur boʻlganlarining elektron variantlarini olish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Koʻrgazma joriy yilning 31 martiga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala