Afg‘onistondagi harbiy aerodromga uyushtirilgan hujum tafsilotlari

© AFP 2023 / SHAH MARAIAfg‘on politsiyachilari
Afg‘on politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Afg‘oniston sharqiy qismidagi aerodromga qurollangan shaxslar to‘dasi hujum uyushtirgani haqida xabar bergan edik

TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Qurollangan shaxslar hujum uyushtirgan harbiy aerodromda asosan chet el qurolli kuchlari vakillari borligi xabar qilinmoqda.

Afg‘on politsiyachilari o‘z xizmat vazifasida - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonda qurollangan to‘da harbiy aerodromga hujum uyushtirdi
RIA Novosti xalqaro axborot agentligi xabariga ko‘ra, mahalliy hukumat soat 14.30da hududda to‘qnashuv boshlangani haqida axborot bergan. Aytilishicha, aerodromning sharqiy qismida hudkush-terrorchi o‘zini motosiklda portlatib yuborgach, boshqa jangarilarga aviabaza ichkarisiga kirishga yo‘l ochilgan.

Ayni vaqtga qadar jabrlanganlar haqida ma’lumotlar berilgani yo‘q.

Ilgariroq jangarilar Afg‘oniston poytaxti — Qobul shahridagi harbiy gospitalga hujum qilgan. 50 nafar insonning bevaqt halok bo‘lishiga olib kelgan ushbu hodisa uchun javobgarlikni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga olgan.
"ID" terrorchilik uyushmasining bu ta’kidiga qaramasdan, Afg‘oniston razvedka xizmati vakillari ushbu hujum ortida kim turganini bilish uchun o‘z surishtiruvini olib bormoqda.

Sherzod Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Afg‘oniston muammosini hal qilishning uch shartini sanab o‘tdi
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning 1-yanvar sanasidan NATO Afg‘onistonga o‘zining "Dadil ko‘mak" deb nomlangan yangi missiyasini yuborgan. NATO va Afg‘onistonning ikkiyoqlama kelishuviga muvofiq, mamlakatga yuborilgan 12 ming nafar NATO harbiylari Afg‘oniston kuch tuzilmalari xodimlarini o‘qitib, ularga maslahat berish ishlari bilan shug‘ullanadi. NATOning ushbu missiyasi tinchlik missiyasi deb e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0