Dunyoda

Rossiya va Turkiya munosabatlari tiklandi - Erdoʻgʻon

© Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya va turkiya munosabatlarni normallashtirish jarayonini yakunlashdi, deb bayonot qildi Turkiya rahbari

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan oʻtkazgan muzokalalar yakuni haqida gapirar ekan, Rossiya va Turkiya oʻzaro munosabatlarni normallashtirish jarayonini yakunladi, deb bayonot qilgan.

Rossiyaning mashhur Su-24 bombardimonchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Turkiya "Islom davlati"ga qarshi hamkorlikdagi ilk operatsiyani oʻtkazmoqda
RIA Novosti xabariga koʻra, 10 mart kuni Moskva shahrida Putin va Erdoʻgʻon uchrashuvi boʻlib oʻtgan.

"Biz barcha fitnaga oid harakatlar va muammolarni yengishga muvaffaq boʻldik. Oʻzaro munosabatlarimizni normal holatga keltirish uchun koʻplab ishlar amalga oshirildi. Bugungi oʻtgan majlisimiz natijasiga koʻra, biz normallashtirish jarayonini yakunladik, deb hisoblayman", — deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdoʻgʻon shuningdek, Turkiya tomon oʻzaro ishonch munosabatlari ham tiklanishini va "siyosiy dialog iqtisodiy muhitga taʼsir oʻtkazishidan" umidvorligini qayt etgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala