Jamiyat

Toshkentda shanba va yakshanba "Ozodalik kunlari" deb eʼlon qilindi

Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisini oʻzlari yashab turgan koʻcha, mahalla, faoliyat yuritayotgan ish joyi, qolaversa shaharda oʻtkaziladigan xasharlarda faol ishtirok etib, Navroʻz bayramini munosib kutib olishga chorlamoqda

TOSHKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent shahar hokimi qaroriga koʻra, 2017 yilda Navruzni nishonlash boʻyicha shahar ishchi guruhi tuzilgan boʻlib, tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Jamiyat
Oʻzbekistonda umumxalq xayriya xashari boʻlib oʻtadi
Rejaga koʻra, shahardagi har bir korxona va tashkilotlar jamoada uzoq yillar mehnat qilgan faxriylarini, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini, urush va mehnat faxriylariga, yoshi ulugʻ insonlar, tabbaruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama eʼzozlash, koʻmakka muhtoj insonlarga begʻaraz yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Toshkentda doimiy ravishda olib borilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini yanada jadallashtirilib, haftaning shanba va yakshanba kunlari "Ozodalik kuni" deb eʼlon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala