Siyosat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Toshkentda siyosiy maslahatlashuv oʻtkazadi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaQirgʻiziston bayrogʻi
Qirgʻiziston bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Dinara Kamolova boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahriga keladi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. 2017-yilning 12-mart kuni Qirgʻiziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi oʻrinbosari Dinara Kamolova boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahriga keladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi boʻlib oʻtadi.

Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari oʻrinbosarlari darajasidagi tadbirda Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining holati tahlil qilinib, ularni yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqiladi, — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0