Jamiyat

Nafaqa yoshining eng past koʻrsatkichi - Oʻzbekiston, Rossiya va Belarusda

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Fotobankka oʻtishKeksa kishilar
Keksa kishilar - Sputnik Oʻzbekiston
MDH davlatlari orasida nafaqa yoshining eng past koʻrsatkichi - Oʻzbekiston, Rossiya va Belarussiyada. Bu davlatlarda ayollar - 55, erkaklar esa - 60 yoshdan nafaqaga chiqishlari mumkin

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Shu kunlarda chet el ommaviy axborot vositalarida Ozarbayjonda ayollar va erkaklar uchun pensiyaga chiqish yoshi oʻzgartirilgani haqida xabarlar tarqatildi.

Vыbor operatora v menyu mobilnogo telefona - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Endi pensiya miqdori va toʻlov muddati haqida SMS orqali bilish mumkin
OAVlarda keltirilgan xabarlarga koʻra, bu davlatda endilikda ayollar va erkaklar uchun pensiyaga chiqish yoshi birdek — 65 yosh etib belgilandi.

MDH davlatlarida bu koʻrsatkich necha yoshni tashkil etishini qarab chiqamiz.

Demak, Belarusda pensiya yoshi 2022 yilga borib oʻzgarishi kutilmoqda. Oʻtgan yil aprel oyida mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko imzolagan farmonga muvofiq 2022 yilga kelib ayollar 58 yoshdan, erkaklar 63 yoshdan pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻladilar.

Qoʻshni Qozogʻistonda yoshga doir oʻzgarishlar kelgusi yilda muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ayni vaqtda Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikistonda pensiyaga chiqish yoshi — ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun — 63 yoshni tashkil qiladi. Turkmaniston va Moldovada bu koʻrsatkich — 60(ayollar) va 63(erkaklar) yosh etib belgilangan.

MDH davlatlari orasida nafaqa yoshining eng past koʻrsatkichi — Oʻzbekiston, Rossiya va Belarussiyada. Bu davlatlarda  ayollar — 55, erkaklar esa — 60 yoshdan nafaqaga chiqishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala