Siyosat

"Tuxumboʻron" yoxud Turkiya va Niderlandiya oʻrtasidagi siyosiy janjal tafsilotlari

© AFP / LYAS AKENGINTurkiya politsiyachilari
Turkiya politsiyachilari - Sputnik Oʻzbekiston
Mana bir necha kundirki, Turkiya va Niderlandiya oʻrtasida siyosiy tusga ega mojaro davom etmoqda. Avvaliga Niderlandiya Turkiya TIV rahbarini "kutilmagan mehmon" deb eʼlon qilgan boʻlsa, bunga javoban turklar tomonidan Anqaradagi Niderlandiya elchixonasi "tuxumboʻron" qilindi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Turkiya va Niderlandiya oʻrtasidagi diplomatik mojaro tobora oʻtkir tus olmoqda.

Hammasi qanday boshlangan edi?

Hammasi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlyut Chavushogluning poʻpisasidan boshlandi. Chavushoglu agar unga Rotterdamga kirishni man etishsa, Anqara Gollandiyaga qarshi iqtisodiy va siyosiy sanktsiyalar kiritishini aytdi.

Otaturk nomidagi xalqaro aeroport - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya Germaniyaga javoban nemislarni aeroportda uzoq ushlab turdi
Turkiya TIV rahbari 11 mart kuni Rotterdamga borib, u yerdagi ikki fuqarolikka ega gollandiyaliklarni Turkiya konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendumni qoʻllab-quvvatlamaslikka koʻndirmoqchi edi.

Keyinchalik Rotterdam meri Ahmad Abutolib miting boʻlmasligini, aktsiya oʻtkazilishi lozim boʻlgan joy egasi oʻz ruxsatnomasini chaqirib olganini maʼlum qildi.

Turkiya TIV rahbari CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida Niderland hukumati taʼqiqiga qaramasdan, Rotterdamga borajagini maʼlum qiladi.

"Agar Gollandiya mening bugungi parvozimga ruxsatni bekor qilsa, biz ulkan sanktsiyalarni kiritamiz", — deb iqtibos keltirgan vazir gaplaridan Hurriyet nashri.

Niderlandiya Turkiya TIV rahbari samolyotini mamlakatga kiritishdan bosh tortdi

Gollandiya hukumati Mavlyut Chavushoglu samolyoti qoʻnishi uchun bergan ruxsatnomasini bekor qildi. Hukumat bayonotida bunday qaror "jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid" tufayli qabul qilingani aytilgan.

Hujjatda qayd qilinishicha, Gollandiya hukumati Turkiya bilan birgalikda bu masalaga "manzur keladigan yechim" topishga harakat qilishgan, ammo "muzokaralar oxiriga yetmay turib turk hukumati sanktsiyalar bilan pūpisa qilgan va yana bu haqda olamga jar solgan". Shu tufayli bu masalaga haqli yechim topishning imkoni yoʻq, deyilgan hujjatda.

"Niderlandiya hukumati — bu fashistlar", — dedi Erdoʻgʻon

Niderlandiya hukumati Mavlyut Chavushogluning samolyotini mamlakatga kiritishdan bosh tortgach, Turkiya prezidenti bu borada oʻz fikrlarini aniq bayon etdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya va Turkiya munosabatlari tiklandi - Erdoʻgʻon
"Ular na siyosat, na xalqaro diplomatiya haqida zarracha bilimga ega emas. Bu natsizm sarqiti, ular esa — fashistlar", — deb aytgan Erdoʻgʻon shanba kuni Istanbuldagi chiqishi davomida.

Ana shundan soʻng Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon Niderlandlarga qarama-qarshi choralar bilan poʻpisa qilgan.

"Bizning Tashqi ishlar mahkamamizdagi vazirlarimizga istalgancha uchishni man etishingiz mumkin, ammo keling endi sizlarning reyslaringiz qanday qilib Turkiyaga qoʻnishini tomosha qilamiz", — deb aytgan Erdoʻgʻon. Turk yetakchisining soʻzlaridan Frans Press agentligi iqtibos keltirgan.

Niderlandiya ham javobni uzoq choʻzmadi

Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻonning soʻzlaridan qattiq larzaga tushganini yashirmadi.

"Ular jahl otiga minishganini tushunaman, ammo "fashistlar" deyish endi bu haddan ziyod", — deb taʼkidlagan Ryutte, Erdoʻgʻonning soʻzlariga "ahmoqona gap" deya izoh bergan holda.

Elchining qaytishiga hojat yoʻq

Turkiya TIV rahbariga Niderlandiyaga kirishga ruxsat berilmagach, Turkiya tomon taʼtilda boʻlgan Gollandiya elchisining ham mamlakatga qaytishiga hojat yoʻqligini eʼlon qildi.

"Turkiyadagi Gollandiyaning muvaqqat ishlar vakili bizning Tashqi ishlar vazirligimizga chaqirtirildi va unga Niderlandiya hukumati qaroriga noroziligimiz bildirildi. Unga shuningdek, Turkiya chegarasi tashqarisida taʼtilda boʻlgan Elchining oʻz vakolatini bajarishi uchun yurtimizga kelishiga hojat qolmagani eʼlon qilindi", — deyilgan Turkiya TIV bayonotida.

"Tuxumboʻron"

11 mart kuni Gollandiya hukumati qaroriga qarshi Anqaradagi Gollandiya elchixonasi oldida yuzga yaqin odamlar norozilik namoyishi uyushtirishdi. Aktsiyaning baʼzi ishtirokchilari diplomatik vakolatxona binosini "tuxumbūron" qildilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala