Dunyoda

Pak Kin Xe xalqidan uzr soʻradi va prezident saroyini tark etdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishJanubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe lavozimidan chetlatildi
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe lavozimidan chetlatildi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Janubiy Koreyadagi Moviy rang saroydan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya olib borilmoqda

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Oʻz lavozimidan chetlatilgan Janubiy Koreya rahbari Pak Kin Xe prezidentning rasmiy qarorgohini tark etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Janubiy Koreya prezidenti isteʼfoga chiqishga tayyorligini maʼlum qildi
Janubiy Koreyadagi Moviy rang saroydan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya olib borilmoqda, deb yozgan nashr.

Nashr xabariga koʻra, Pak Kin Xe Janubiy Koreya xalqidan uzr soʻragan.

"Butun vakolat muddatim davomida oʻz vazifamni bajara olmaganim uchun uzrimni keltirmoqchiman. Bu bir oz vaqtni olishi mumkin boʻlsa-da, ammo oxir-oqibat haqiqat yuzaga chiqishiga ishonaman", — Pak Kin Xening bu soʻzlari uning sobiq rasmiy vakili tomonidan ommaga eshittirilgan.

Pak Kin Xe joy olgan kortej mahalliy vaqt bilan 19.17da joyidan qoʻzgʻalgan. Moviy saroydan Pak Kin Xe Seuldagi xususiy appartamentlariga yoʻl olishi xabar qilinmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreya Konstitutsion sudi 10 mart kuni prezident Pak Kin Xening impichmentini qabul qilgan edi. Yirik korruptsion janjal tufayli 9 dekabr kuni mamlakat parlamenti Pak Kin Xeni hukumat rahbarligidan chetlatgan edi. Janubiy Koreyaning 8 nafar sudyasi bir ovozdan uning impichmentini qabul qilgan.

Ayni vaqtda mamlakatning mavaqqat prezidenti vazifasini Bosh vazir Xvan Gyo An bajarmoqda.

Yangiliklar lentasi
0