Jamiyat

"Toshkent tramvayi" bino va inshootlari kimoshdi sadosiga qoʻyildi

© Sputnik / StringerToshkentdagi tramvay
Toshkentdagi tramvay - Sputnik Oʻzbekiston
"Toshshahartransxizmat" kompaniyasi barchani bosqichma-bosqich oshib borish tartibida oʻtkaziladigan ochiq auktsionga taklif qilgan

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. "Toshkent tramvayi" unitar korxonasining bino va inshootlari auktsion savdosiga qoʻyildi, deb xabar qilindi "Toshshahartransxizmat" rasmiy saytida.

Muqimiy-Bunyodkor koʻchalari kesishmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi Navroʻz arafasida ochilishi eʼlon qilindi
Ochiq auktsion savdosiga Toshkent shahri, Lutfiy koʻchasi, 57-uyda joylashgan bino va inshootlar (boshlangʻich bahosi 25 596 052 427 soʻm) va Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qoʻyliq koʻchasi, 40-uyda joylashgan bino va inshootlar (boshlangʻich bahosi 9 025 062 970 soʻm) qoʻyilgan.

Auktsion savdosi 2017—yil 4 aprel kuni soat 12:00 da boʻlib oʻtadi.

Auktsionda qatnashish shartlari bilan kompaniya rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning 2 may kuni Toshkentda harakatlanayotgan soʻnggi 17-yoʻnalishi yopilgan va shu tariqa Toshkent tramvayining 105 yillik tarixiga nuqta qoʻyilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala