O‘zbekiston IIV aholidan hushor bo‘lishni va har kimning gapiga ishonavermaslikni so‘radi

© AP PhotoO‘zbek militsiyasi patrul mashinasi
O‘zbek militsiyasi patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgarlar tabiatan sodda odamlarni "ov"laydi. Ammo hushor bo‘lish zamon talabiga aylanmoqda

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Toshkent shahrida plastikdagi pullarni naqdlashtirib beramiz deya, firibgarlikning yangicha usulini ixtiro qilgan jinoyatchi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, "Qo‘yliq" avtobuslar shoh bekatida noma’lum ayol 1993-yilda tug‘ilgan Mirobod tumanida yashovchi ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablag‘larini naqdlashtirib berishni taklif qilgan. Ayol firibgarning gaplariga laqqa ishonib jami 61 million so‘m puli bo‘lgan 2 dona plastik kartochkalarini unga topshirgan. Udaburro "ovchi" shundan 6 million so‘mini naqdlashtirib, juftakni rostlagan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu firibgarlik jinoyatini Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

"Shu o‘rinda ta’kidlashni istardikki, fuqarolarimiz har qanday kishining gapiga ishonavermasdan, "Tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi" degan maqolning mag‘zini chaqib, o‘z pullari yoki mol-mulklarini birovga ishonib topshirishda sal hushorroq bo‘lganlarida, bu kabi firibgarliklarning oldi olingan bo‘lardi", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0