Eron suv ostida harakatlanadigan tank ishlab chiqdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovEron tomonidan yaratilgan tank Rossiyaning T-90 ga o‘xshash bo‘lishi aytilmoqda
Eron tomonidan yaratilgan tank Rossiyaning T-90 ga o‘xshash bo‘lishi aytilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron o‘zi yaratgan tankni namoyish qildi. Endilikda bu harbiy texnika seriyali ishlab chiqarishga qo‘yilishi ma’lum qilindi

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Eron qurolli kuchlari shanba kuni o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan eng so‘nggi modeldagi — Karrar tankini namoyish qilishdi va seriyali ishlab chiqarishga qo‘yishdi, deb xabar qildi RIA Novosti Eronning Fars agentligiga tayangan holda.

Eronda ballistik raketa uchirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Eron AQSh sanksiyalariga nisbatan nafratini namoyish qilmoqda
Sal ilgariroq eronlik harbiylar yangi ishlab chiqarilayotgan tank imkoniyatini Rossiyaning T-90 modeldagi tankiga qiyoslash mumkinligini aytishgan edi.

"Yangi yaratilgan tank dunyodagi eng zo‘r tanklar bilan uch sohada bellasha oladi: qudrat, aniqlik va mobillikda, shuningdek, bu jang maydonida u ishonchli texnikadir", — deb aytgan tank taqdimoti tadbirida Eron Mudofaa vaziri Xusayn Dehgon.

​Vazir tank uchirilgan raketalarni marraga aniqlik bilan yo‘naltirishi, shuningdek, jarlik va darolarni yengib o‘tishga, va hatto suv ostida harakatlanishga qodirligini qo‘shimcha qilgan.

Dehgonning so‘zlariga ko‘ra, Karrar tanklarga qarshi yaratilgan turli qurollar zarbasiga dosh berishini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0