Jamiyat

Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi Navroʻz arafasida ochilishi eʼlon qilindi

© DarakchiMuqimiy-Bunyodkor koʻchalari kesishmasi
Muqimiy-Bunyodkor koʻchalari kesishmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Poytaxt hukumati "Novza" metrosi yonida joylashgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishini yana orqaga koʻchirdi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi ochilishi Navroʻz arafasi kunlariga koʻchirildi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi matbuot-xizmati.

Toshkent koʻchalarida tirband - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qatortol va Muqimiy koʻchalari chorrahasida svetofor oʻrnatilmoqda
Ilgariroq Muqimiy va Bunyodkor koʻchalari kesishmasi 23 fevralga qadar yopilgani eʼlon qilingan edi. Ammo sal oʻtmay kompaniya matbuot-xizmati 11 fevral kuni yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 10 martga koʻchirildi, deya xabar tarqatgan edi.

"Maʼlum ishlarning davom etayotganligi, hamda xavsizlikni taʼminlash maqsadida, chorrahaning transport harakati uchun ochilishi "Navroʻz" bayrami arafasi kunlariga qoʻchirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, qurilish vaqtida boshqa koʻchalardan foydalanishni soʻraymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz", — deyilgan ayni vaqtda berilgan xabarda.

Bunyodkor va Muqimiy koʻchalari kesishuvida, metroning "Novza" bekati yaqinida uzunligi 600 metrga teng boʻlgan, olti qator yoʻl tushadigan yangi koʻprik qurilishi 2016 yilning 16 sentyabridan boshlangan edi.

Yoʻl oʻtkazgich Navroʻz bayrami (21 mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala