Jamiyat

Hokimliklar xodimlarining oyliklariga ustama qoʻshiladi

Oʻzbekiston hukumati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Endilikda hokimliklar xodimlarining umumiy ish stajiga bogʻliq ravishda ustamalar toʻlanadi, deb xabar bermoqda LexUZ portali.

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, ustamalar umumiy ish staji 4 yildan 7 yilgacha boʻlganida 5%, 7 yildan 10 yilgacha — 10%, 10 yildan 15 yilgacha — 15%, 15 yildan 20 yilgacha — 20%, 20 yildan 25 yilgacha — 25%, 25 yildan ortiq boʻlganida — 30% miqdorida toʻlanadi.

Mehnat stajini aniqlash uchun mehnat daftarchasi asosiy hujjat hisoblanadi.

Mehnat daftarchasidagi yozuvlar bilan belgilanmagan ish staji Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan imzolangan maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanishi mumkin.

Ustama oylik tarif stavkasidan yoki boshqaruv xodimining lavozim maoshidan kelib chiqib hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala