Mirziyoyev jahonning eng yosh olimlaridan biriga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi

© FacebookRauf Salaxodjayev
Rauf Salaxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan Raufxon Salaxo‘jayev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi reytingida 32-o‘rindan joy olgan

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining iqtisod fani o‘qituvchisi Raufxon Salaxo‘jayevga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent shahri markazidan hovli uy sovg‘a qilindi. Bu haqda "O‘zbekiston" telekanalining "Tahlilnoma" ko‘rsatuvi xabar qildi.

Hali o‘ttiz yoshni qarshilamagan Raufxon Salaxo‘jayev dunyoning 100 nafar eng kuchli yosh iqtisodchisi reytingida 32-o‘rindan joy olgan. Raufxon Salaxo‘jayev makroiqtisoddagi yangi yo‘nalish — iqtisodiy o‘sishning chuqur omillari bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan kam sonli olimlardan.

Uning 20 ga yaqin ilmiy maqolasi Intelligence, Kyklos, Environmental Research kabi dunyoning yetakchi ilmiy jurnallarida chop etilgan, Forbes agentligi, National Policy instituti tomonidan yuqori baholangan.

Yosh iqtisodchining yutuqlarini mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib tarzda taqdirladi. Unga Toshkent shahrining markazidan hovli uyi sovg‘a qilindi. Sovg‘ani Toshkent shahri hokimi topshirdi va prezidentning tabrigini yetkazdi.

Yangiliklar lentasi
0