Jamiyat

Ostonada Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes forumi boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishAstana shahri
Astana shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Forum Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻistonga uyushtiriladigan tashrifi arafasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi ushbu yilning mart oyida Ostona shahrida Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes forum tashkil qilish masalasini koʻrib chiqmoqda, deb xabar qildi muassasa matbuot xizmati.  

Biznes forum Ostonadagi “Mustaqillik Saroyida” boʻlib oʻtadi. Unda ikkala tomon oʻz taqdimot marosimlarini oʻtkazishadi hamda Oʻzbekiston va Qozogʻiston korxonalari orasida muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Biznes forum oʻtkazishdan maqsad ikka mamlakat korxonalari orasida hamkorlik aloqalari oʻrnatish va mavjud boʻlgan aloqalarni mustahkamlashdir. Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat hududida qoʻshma korxonalar tashkil qilish, sarmoyaviy loyihalar amalga oshirish hamda kerakli biznes-hamkorlar topish masalalari muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala